V O D I Y T A R A Q Q I Y O T

Loading

Maqsadlaringizga erishish uchun tez va moslashuvchan yechimlar. Biznes va shaxsiy moliya uchun kreditlar. Biz sizning rejalaringizni amalga oshiramiz.

about-img

Islom molyasi hizmatlari mohiyati qisqacha bayoni

Islomiy moliyalashtirish xizmatlari islom dinining iqtisodiy munosabatlarga taalluqli bir qator qoidalariga (muomalat fiqhi) rioya qilgan holda shakllantirilgan moliyaviy xizmatlarning bir turi hisoblanadi. Islomiy moliyalashtirish xizmatlarining oʼziga xos jihatlari oʼz ichiga risklarni tomonlar oʼrtasida haqqoniy taqsimlanishi, real iqtisodiyot bilan bogʼliqlik va asosiy tamoyillarga rioya qilishni oladi.

Islom darchasi

Jamiyatning islom moliyasi tamoyillariga asoslangan mikromoliya tashkiloti xizmatlari koʼrsatilishini taʼminlovchi tizim. Ushbu tizimning faoliyati “Islom darchasi”ga tegishli boʼlgan jamiyatning ichki hujjatlari asosida tashkil etiladi va yuritiladi.

Islom moliyasi tamoyillari

Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) tomonidan tasdiqlangan standartlarda belgilangan islomiy moliyalashtirish xizmatlarga oid tamoyillar.

Faoliyatimiz

O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlarini Respublika qonunchiligi va Islom moliyasi tamoyillari asosida fuqarolarning o’z e’tiqodlari va qadriyatlaridan kelib chiqqan holdagi moliyaviy extiyojlarini samarali qondirish.

Xuquqiy asos

“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni, “Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nizomi, hamda “VODIY TARAQQIYOT MIKROMOLIYA TASHKILOTI” MCHJ faoliyati doirasida “Islom darchasi” ni tashkil qilish kontseptsiyasi.

img
img

Moliyaviy xizmatlarimiz

Nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha) - “Murobaha” tushunchasi sotuvchi tomondan tovar narxidagi ustama miqdorini xaridorga ochiq oydin maʼlum qilgan holda sotishni bildiradi. Mazkur holatda sotuvchi xaridor bilan avvaldan vaʼdalashgan holda xaridor koʼrsatgan tovarni avval o’ziga sotib olib, unga oʼz ustamasini qoʼygan holda nasiyaga yaʼni muddatli boʼlib-boʼlib toʼlash sharti asosida sotishi bilan bogʼliq operatsiyalar majmui moliyaviy tashkilot Murobahasi deb nomlanadi.

  • 1. Tovar tanlash – Mijoz sotib olishni istagan tovar yoki aktivni tanlaydi va tomonlar o’rtasida va’dalashuv kelishuvi imzolanadi
  • 2. Shartnoma tuzish – Mikromoliya tashkiloti ushbu tovarni yetkazib beruvchidan uning joriy bozor narxida sotib oladi. Shundan so’ng mikromoliya tashkiloti mijoz bilan murabaha shartnomasini tuzadi
  • 3. Tovarni mijozga sotish - Mikromoliya tashkiloti ushbu tovarni mijozga kelishilgan narxda sotadi, bu narx tovarning boshlang’ich narxi va mikromoliya tashkilotining foydasini o’z ichiga oladi.
  • 4. Bo’lib to’lash - Mijoz mikromoliya tashkilotiga kelishilgan summani belgilangan vaqt davomida bo’lib to’laydi.
  • Loyiha maqsadi - Shariat tamoyillariga mos keluvchi barcha loyihalarni moliyalashtirish mumkin.
  • Murobaha miqdori - Jismoniy shaxslar uchun 100 mln so’mgacha, tadbirkorlik sub’ektlari uchun 300 mln so’mgacha va undan yuqori miqdorda..
  • Murobaha muddati - 3 yilgacha.
  • Valyuta turi - milliy valyutada.
  • To’lov grafigi - har oyda
  • Murobaha ustama haqqi - moliyalashtirish summasiga nisbatan 1 yil uchun 27%, 2 yil uchun 52%, 3 yil uchun 77%. Izoh(ushbu ustama miqdorlarini belgilashda Qo’shilgan qiymat solig’i ning maxsulot narxiga ta’siri hisobga olinmagan)
Islomiy ijara - bu mikromoliya tashkiloti tomonidan mijozning arizasiga ko‘ra sotib olingan yoki o‘zining balansida bo‘lgan iste’mol qilinmaydigan ashyolarni (mol-mulkni) mijozga kelishilgan muddatga vaqtincha egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun topshirish. An’anaviy lizing (moliyaviy ijara) - bu ijara munosabatlarining elementlarini ham, oldi-sotdi elementlarini ham nazarda tutadigan moliyaviy ijaraning alohida turi bo’lib, Islom moliyasi standartlariga muvofiq esa, shartnoma tarkibida ikki yoki undan ortiq turdagi bitimlarning shartlari boʼlishi mumkin emas. Islom moliyasida lizing (moliyaviy ijara)ga muqobil variant sifatida Ijara obyektini keyinchalik egalik huquqini mijozga oʼtkazib berish (vaʼdasi) bilan ijaraga berish usuli qo’llaniladi.

Islomiy ijara qanday ishlaydi?

img
1

Yetkazib beruvchini qidirish

Mijoz o‘ziga qanday aktiv kerakligini aniqlaydi va yetkazib beruvchini tanlaydi

Kelishuvga tayyorgarlik ko‘rish

Lizing shartnomasini tuzishni nazarda tutuvchi vaʼdalashuv shartnomasini tuzish, yaʼni mijoz obʼektni lizingga olish vaʼdasini, Jamiyat esa mol-mulkni sotib olish va lizinga berish vaʼdasini beradi.

img
2
img
3

Mulkni olish

Mikromoliya tashkiloti mol-mulkni yetkazib beruvchidan sotib oladi va uni ijara shartnomasiga muvofiq mijozga beradi.

To‘lovlarni to‘lash va obyektning mulk huquqiga o‘tishi

Mijoz moliyaviy to‘lovlarni to‘laydi. Ijara shartnomasining barcha shartlari bajarilgandan so’ng, obyekt mijozning mulk huquqiga o’tadi.

img
4

Maxsus kengash

Jamiyatning “Islom darchasi” faoliyati boʼyicha Maxsus kengashi. Jamiyatning Maxsus kengashi jamiyatda islom moliya xizmatlarini koʼrsatishni tashkil etish boʼyicha tuzilgan boʼlib, islom moliya xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha yuzaga kelayotgan masalalarni hal etadi hamda bu borada ekspertlik xulosalari taqdim etadi (qarorlar qabul qiladi)
img

Rahimov Abduqahhor Abdusattorovich

Maxsus kengash Raisi


Moliya sohasidagi huquqiy maslahatchi. U ASSOODIQ loyihalarining hamkori va huquqiy maslahatchisi. Mahalliy qonunchilik doirasida Islom moliyasi mahsulotlarini joriy etish boʼyicha mutaxassis. U Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, huquqshunoslik boʼyicha bakalavr va moliya boʼyicha magistr darajasiga ega.

img

Sultonov Dilshod Mirkamilovich

Maxsus kengash a’zosi


Moliyaviy institutlarning kredit reytingini baholash sohasida 15 yillik tajribaga ega. Islomiy moliya sohasidagi xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi AAOIFI tashkilotidan CSAA (Sertifikatlangan Shariat maslahatchisi va auditor) hamda CIPA (Sertifikatlangan islomiy professional buxgalter) sertifikatlarini olgan. Assoodiq Consult ekspertlar kengashi a’zosi hisoblanadi.

img

Axmadxonov Ibroximxon Ikromxon o‘g‘li

Maxsus kengash a’zosi


Buhgalteriya va audit sohasida 8 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish loyihasi koordinatori bo‘lib ishlagan. Buhgalteriya va audit sohasida DipIFR, ACCA, IPSAS, CSAA va ichki auditor sertifikatlari kabi qator milliy va xalqaro sertifikatlarga ega.

img

Haydaraliyev Muxammadbobur Husniddin o‘g‘li

Maxsus kengash a’zosi


Islom moliyasi bo‘yicha mutaxassis, maslahatchi. ASSOODIQ ilmiy-uslubiy bo‘limi jamoasi a'zosi. ASSOODIQ kitoblar loyihasida tarjimon. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bitiruvchisi. AAOIFI tashkilotining CSE (Islom moliyasi bo‘yicha sertifikatlangan Shariat eksperti) sertifikati bo‘yicha Shariat standartlari (SS) hamda Islom moliyaviy strukturasi va Rivojlantirish (IFSD) modullari imtihonidan o‘tgan.

img

Qosimov Umarxon To‘lqinjon o‘g‘li

Maxsus kengash a’zosi


ASSOODIQ akademiyasining tarjimoni va o‘qituvchisi. ASSOODIQ ilmiy jamoasi a'zosi. Islom huquqshunosligi bo‘yicha mutaxassis va AAOIFI tomonidan ishlab chiqilgan Sertifikatlangan Shariat eksperti (CSE) dasturining Shariat standartlari (SS) va Islom moliyaviy strukturalash va rivojlantirish (IFSD) modullarini muvaffaqiyatli tugatgan. U Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Islom ilmlari bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.